Kontent qismiga oʻtish

Hasad

Vikiiqtibosdan olingan
Hasad

Qardosh loyihalar

Hasad (arabcha: حَسَد‎‎ — rashk; koʻrolmaslik, qizgʻanish) — kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni koʻrolmaslik, xush koʻrmaslik his-tuygʻusi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Aybsiz odamni koʻrgan hasadchini jahli chiqadi.

Azob chekishni istamasang, hasadgoʻy boʻlma[2].

— Qobus

Badanning sozligi hasadning ozligidan[1].

Banda oʻlimni qancha koʻp zikr qilsa, uning xursandligi va hasadi shuncha kam boʻladi[2].

Dunyoda hasad va ginadan ogʻirroq ranj yoʻq. Chunki hasadchi kimsa odamlarning shodligidan payvasta gʻam ostida yuradi. Oʻzgalar rohatidan doimo zahmat tortadi[3].

Dunyo ishlaridan birortasida oʻzgaga hasad qilmadim. Chunki u zot jannat ahllaridan boʻlsa, uning jannat neʼmatlari oldida juda haqir boʻlib qoladigan dunyosining nimasiga hasad qilaman? Agar u kimsa doʻzaxiylardan boʻlsa, uning doʻzaxga kirishiga sabab boʻladigan dunyosining nimasiga hasad qilay?[2].

Ey aziz farzand! Baxillik va hasad illatiga dilingda aslo joy bermaganki, hasad davlating uyini vayron qilsa, baxillik izzat chamanini payhon qiladi:
Kimki hasad oʻtin yoqsa jahonda,
Bu oʻt uning oʻzin quymas omonda![4]

Ey odam bolasi, nega birodaringga hasad qilasan? Agar Alloh suyganligi sababli u bandaga neʼmat ato qilgan boʻlsa, sen Alloh suygan bandaga qanday hasad qilasan? Agar uning mol-davlat topishiga boshqa sabab boʻlsa (yaʼni, harom yoʻllar bilan topgan boʻlsa), oqibatda doʻzaxga eltuvchi boʻlgan mol-davlatning nimasiga hasad qilasan?[2]

Ey oʻgʻilginam, hasaddan saqlangin. Chunki u dushmaningga yetmasdan, sening oʻzingga bilinadi[5].

Hammani rozi qilishim mumkin, faqat neʼmatga hasad qilguvchini rozi qila olmayman. Chunki uni faqatgina neʼmatning ketishi rozi qiladi[2].

Hasad balosi ulkan fasodlar paydo qilur. Chunki hasad bagʻoyat jirkanch xislatdir[6].

Hasad barcha xislat, nuqsondan yomon,
Hasad ahli barcha yomondan yomon![2]

Hasad, boshqalarning rohatini koʻrolmaslik – hamma sifatlarning pastrogʻidir. Hasad himmat pastligi va koʻngil xastaligidan hosil boʻladi[7].

Hasad bilan gʻazab ikki qanot boʻlib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi[6].

Hasaddan zararliroq narsa yoʻq. U hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi: gʻami tugamaydi, musibat oladi-yu unga ajr kelmaydi, yomonlikni olib keladi, Alloh taolo unga gʻazab qiladi, uning uchun tavfiq eshiklari yopiladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga emas, hasadgoʻyning oʻziga yetadi[8].

Hasad qiluvchi boʻlma, shunda Allohning hikmatlarini tez ilgʻaysan[9].

Hasad qiluvchilar uchun rohat yoʻqdir... Xiyonatchida fikr yoʻq, yomon xulqli kishida boshliqlik yoʻq[10].

Hasadchi kishi Xudoning davlatidan baxildur[11].

Hasadchining moli oʻziga nasib etmaydi[1].

Husni xulqdan yaxshilik ustiga yaxshilik qoʻshadigan, hasaddan koʻra yomonlik ustiga yomonlik qoʻshdigan narsa koʻrmadim[12].

Kibr-u hasad bermas kishiga orom,
Odamni mensimay quvildi shayton[13].

Maʼsiyat (Allohga itoat etmaslik)ning ildizi uch narsada: kibr, hirs va hasadda[9].

Men hasadgoʻydan koʻra mazlumga oʻxshaganroq zolimni koʻrmadim. Chunki u sening oldindagi neʼmatni oʻziga nisbatan zulm deb hisoblayveradi[2].

— Aʼrobiy

Unutmangki, hasaddan idrok ham kasod boʻladi[7].

Xuddi qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani kabi oliyjanob va himmatli odamning goʻshtini hasad ahli yeydi[10].

Oʻzingda hasad hissini qoʻzgʻatmagil. Zero, keyin undan xalos boʻlishing amri maholdir. Uni davolab boʻlmaydi[6].

Chetlab oʻtgin hasadgoʻyni koʻrsang gar,
Nayzasiki uning boʻlmas bezahar[7].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ 1,0 1,1 1,2 Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 164.
  2. ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Tursun 2006, s. 186.
  3. ↑ Tursun 2006, ss. 184–185.
  4. ↑ Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 163.
  5. ↑ Tursun 2006, s. 188.
  6. ↑ 6,0 6,1 6,2 Tursun 2006, s. 185.
  7. ↑ 7,0 7,1 7,2 Tursun 2006, s. 187.
  8. ↑ Tursun 2006, ss. 188–189.
  9. ↑ 9,0 9,1 Tursun 2006, s. 190.
  10. ↑ 10,0 10,1 Tursun 2006, s. 189.
  11. ↑ Tursun 2006, s. 191.
  12. ↑ Tursun 2006, s. 131.
  13. ↑ Tursun 2006, s. 155.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Xomidiy, Hamidjon; Hasaniy, Mahmud. Mashriqzamin hikmat boʻstoni (PDF PDF), Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997 — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 

Havolalar

[tahrirlash]