Kontent qismiga oʻtish

Adolat

Vikiiqtibosdan olingan
Adolat

Qardosh loyihalar

Adolat, adl — ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Bu sifatga ega boʻlgan kishi adolatli, odil deyishadi.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · Oʻ · Gʻ · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Adolat butun kamolot majmui boʻlsa, yomonlik uning aksi, yaʼni butun kamchiliklar majmuidir[1].

Adolatning faqat bitta surati bor, zulmning boʻlsa — mingta[2].

Adolatning ikki tarafi bor: biri zohiriy adolat, yaʼni sen va xalq orasidagi va ikkinchisi botiniy — sen va Alloh orasidagi adolatdir. Adolat yoʻli — toʻgʻri, haqqoniy va fazilat ato etuvchi yoʻldir[3].

Adolat — odil boʻlish, zolim boʻlmaslik, nohaqlik qilmaslik juda ahamiyatli goʻzal axloq turlaridan hisoblanadi[4].

Adolat — oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir[5].

Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yoʻqolib ketadi. Modomiki, zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. Chunki kishilarning turmushi bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq. Xullasi kalom, xalqning ahvoli adolatsiz yaxshilanmaydi[2].

Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi[6].

Maʼmur boʻlur adl ila har qayda viloyat[5].

— Lutfiy

Mumkinmi chivinni qilichda chopmoq,
Sher nechuk pashshaga urgay shapaloq?![7]

Obidning ibodati nafsini, odilning adolati olamni isloh etar[8][6].

Olijanoblik haqida muhokama yurgizish, bu hali olijanoblikni bildirmaydi, xuddi shuningdek, odillik haqida oʻylashning oʻzi ham amalda odil boʻlish degan gap emas[9].

— Arastu

Podshohlar oʻzlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom koʻrsatishi zarur[8][6].

— Abdulloh Muqni

Hokimiyat jilovi odil podshoh qoʻlida boʻlsa, hamma adolatli boʻlishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha boʻlsa, xalq yolgʻonchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik koʻrsatadi[6].

Oʻrinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib boʻlmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmy turib, oʻrinli, axloqli va adolatli yashab boʻlmaydi[10].

— Epikur

Manbalar

[tahrirlash]
  1. ↑ Tursun 2006, s. 110.
  2. ↑ 2,0 2,1 Tursun 2006, s. 109.
  3. ↑ Tursun 2006, s. 113.
  4. ↑ Tursun 2006, s. 112.
  5. ↑ 5,0 5,1 Tursun 2006, s. 106.
  6. ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Tursun 2006, s. 105.
  7. ↑ Tursun 2006, s. 111.
  8. ↑ 8,0 8,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  9. ↑ Voronsov 1989, s. 28.
  10. ↑ Voronsov 1989, s. 29.

Adabiyotlar

[tahrirlash]
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet. 
  • Voronsov, Vladimir. Tafakkur gulshani (PDF PDF), Sharifa Abdurazzoqova tarjimasi, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989 — 464-bet. ISBN 5-635-00915-X. 

Havolalar

[tahrirlash]