Kontent qismiga oʻtish

Leila Ahmed

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leila Ahmed
ليلى أحمد

Leila Ahmed 2013-yilda
Tavalludi 1940-yil 29-may (1940-05-29) (86 yosh)
Geliopolis, Misr
Fuqaroligi Misr va AQSh
Taʼlimi Kembrij universiteti (BA, MA, PhD)
Kasbi
  • Professor
  • olima
Mukofotlari „A Quiet Revolution“ asari uchun Din sohasidagi Grawemeyer mukofoti

Leila Ahmed (لیلى أحمد (arab tili); 1940-yil 29-mayda tugʻilgan) — xotin-qizlar muammolari va din boʻyicha misr-amerikalik olima[1][2]. Leila 1992-yilda oʻzining „Women and Gender in Islam“ („Islomda ayollar va gender“) nomli kitobini nashr etdi. Ushbu asar arab-musulmon jamiyatlarida ayollarning oʻrnini tahlil qiluvchi dastlabki tarixiy tadqiqotlardan biri hisoblanadi[3][4]. U 1999-yilda Garvard dinshunoslik maktabida dindagi ayollar tadqiqotlari birinchi professor boʻldi. Shuningdek, 2003-yildan beri Victor S. Thomas nomidagi dinshunoslik professori lavozimini egallab kelgan. Keyinchalik, 2020-yilda unga Victor S. Thomas nomidagi ilohiyot boʻyicha tadqiqotchi professor unvoni berildi[5].

Ahmed 1940-yilda Qohiraning Geliopolis rumanida tugʻilgan. Uning otasi misrlik oʻrta tabaqaga mansub, onasi esa yuqori sinfga mansub turk edi[6]. Ahmedning bolaligi musulmon va misr qadriyatlari hamda mamlakatdagi liberal qarashlar taʼsirida oʻtdi. 1952-yildagi Erkin zobitlar harakatidan soʻng Ahmedlar oilasi siyosiy bosimga uchradi. Uning otasi qurilish muhandisi boʻlgan. U Jamol Abdul Nosir tomonidan Asvon toʻgʻoni qurilishiga ekologik sabablarga koʻra qarshi chiqqan edi[7].

Ahmed 1960-yillarda Kembrij universitetida bakalavr hamda doktorlik darajasini oldi. Shundan soʻng pedogogik va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun AQShga koʻchib oʻtdi. U 1981-yilda Amherstagi Massachusets universitetida xotin-qizlar muammolari va sharqshunoslik boʻyicha professor, shuningdek, ushbu dasturlar direktori etib tayinlandi[8][9]. Keyinchalik, 1999-yildan boshlab Garvard dinshunoslik maktabida xotin-qizlar muammolari va din boʻyicha dars bera boshladi[8].

  1. ↑ Profile of Leila Ahmed
  2. ↑ „Leila Ahmed - Harvard Divinity School“ (en). hds.harvard.edu. — „"Ahmed was professor of women's studies and Near Eastern studies at the University of Massachusetts-Amherst"“. Qaraldi: 2024-yil 18-noyabr.
  3. ↑ The New Voices of Islam: Rethinking Politics and Modernity : a Reader Mehran Kamrava: . University of California Press, 2006 — 177-bet. 
  4. ↑ Islam and the Veil: Theoretical and Regional Contexts Theodoore Gabriel: . Bloomsbury Publishing, 2011 — 83-bet. 
  5. ↑ „Leila Ahmed“. hds.harvard.edu. 2014-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  6. ↑ Abdelrazek, Amal Talaat. Contemporary Arab American women writers: hyphenhated identities and border crossings. Cambria Press, 2007 — 21-bet. ISBN 978-1-934043-71-4. 
  7. ↑ Crawford, Hazel (October 2010). "Representations: Memoirs, Autobiographies, Biographies: United States of America" (en). Encyclopedia of Women and Islamic Cultures. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopedia-of-women-and-islamic-cultures/representations-memoirs-autobiographies-biographies-united-states-of-america-EWICCOM_0693. Qaraldi: 2017-10-02.Leila Ahmed]]
  8. 1 2 Mehran Kamrava. The new voices of Islam: rethinking politics and modernity : a reader. University of California Press, 2006. ISBN 9780520250987. 
  9. ↑ „Professor Leila Ahmed, Ph.D., speaks in the Distinguished Lecture Series“. Carnegie Mellon University in Qatar (2010-yil 22-mart).